Bugun mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq hayriya hashari doirasida Yakkabog‘ tuman tibbiyot birlashmasi va unga qarashli davolash-profilaktika muassasalari jamoalari tomonidan keng ko‘lamli obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Hasharda 800 nafardan ortiq xodimlar faol ishtirok etib, hududlarda 1000 dan ortiq mevali daraxt, 2000 dan ortiq manzarali daraxt hamda 2000 dan ortiq gul ko‘chatlari ekildi.
Shuningdek, tevarak-atrof tozalanib, yo‘laklar oqlanib tartibga keltirildi. Qurigan daraxt shoxlari butalandi hamda daraxtlarga shakl berildi.🌿





