🛑Shahrisabzdagi “Oqsaroy” klinikasining mobil diagnostika poliklinikasi (1 ta mobil diagnostika va maslahat markazi hamda 1 ta mobil multispiral kompyuter tomografiyasi) va malakali mutaxassislari 24–25-sentabr kunlari Yakkabog‘ tumanida bepul kardioskrining ko‘riklari va maslahatlarini tashkil etmoqda.
🔵Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi – viloyatimizning chekka hududlarida istiqomat qiluvchi aholida yurak-qon tomir kasalliklarini erta bosqichida aniqlash, ularning sog‘lig‘ini mustahkamlash va hayot sifatini yaxshilashga ko‘maklashishdir.
🟣Bugunning o‘zidayoq 115 nafar fuqaro bepul tekshiruvdan o‘tkazildi va ularga malakali shifokorlar tomonidan kerakli maslahatlar berildi.
Yurak kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash va profilaktika choralarini ko‘rish kelajakda og‘ir asoratlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qashqadaryo viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati


