Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tibbiyot muassasalari aholiga pullik tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni yil sayin kengaytirib bormoqda. Bugungi kunda viloyat bo‘yicha jami 34 ta tibbiyot muassasasi pullik xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. Shulardan 18 tasi viloyat darajasidagi, 16 tasi tuman va shahar tibbiyot muassasalari hisoblanadi.

2025 yilning yanvar–iyul oylari davomida ushbu muassasalar tomonidan aholiga ko‘rsatilgan pullik tibbiy va servis xizmatlari orqali jami 83 milliard so‘m mablag‘ ishlab topildi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davridagi — 60 milliard so‘mlik ko‘rsatkichga nisbatan 23 milliard so‘mga ko‘paygan, ya’ni 1,38 foizga o‘sish qayd etilgan.

Bu borada erishilgan natijalar — sohadagi islohotlar, tibbiy xizmatlar turlarini kengaytirish, servis sifatiga e’tibor kuchaytirilishi va eng muhimi, korrupsion holatlarning oldini olish yuzasidan samarali targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilgani natijasidir.

Ishlab topilgan mablag‘lar belgilangan tartibda quyidagicha sarflandi:

43 foizi — xodimlarning ish haqi va moddiy rag‘batlantirish xarajatlariga;

25 foizi — dori-darmon bilan ta’minlash uchun;

4 foizi — tibbiy asbob-uskunalar xarajatlariga;

3 foizi — kompyuter va boshqa jihozlar xarid qilishga;

25 foizi — shifoxonalarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda boshqa zaruriy xarajatlarga yo‘naltirildi.

Ma‘lumot o‘rnida, viloyatda aholiga joriy yil ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlarning 4,8% stasionar davolangan bemorlarga ko`rsatilagan tibbiy xizmatlar hisobiga to‘g‘ri kelsa, qolgan qismi diagnostika va labarator xizmatlardan kelib tushgan tushumlar hisobiga shakllantrilgan.

Qashqadaryo viloyati sog`liqni saqlash
boshqarmasi matbuot xizmati