Shahrisabz shahrida O‘zbekiston va Rossiya hamkorligida barpo etilgan “Oq saroy” nomli zamonaviy ko‘p tarmoqli poliklinika o‘z faoliyatini boshladi.
12 million AQSH dollarilik ushbu yirik loyiha “SHAKHRISABZ MED CENTER” MChJ loyihasi va Rossiyaning “Cardiomed” MChJ o‘rtasidagi investitsiyaviy va texnik hamkorlik doirasida amalga oshirildi.