Prezidentimizning  2023 yil 8 sentabrdagi “Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda 2023 yil 24-25 oktabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatimiz bo‘yicha jami 892 nafar tibbiy brigada doyasi “Sog‘lom oilani shakllantirish” mavzusida o‘qitildi.

O‘quvlar 2023 yil 15 noyabrdan 2024 yil 13 aprelgacha 4 bosqichda tashkil etildi.

Bugun Respublika tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tomonidan yurtimizning barcha viloyatlaridan kelgan 44 nafar trener o‘quvlar ishtirokchilarini xalqaro standartlar asosida yakuniy nazoratdan o‘tkazishni boshladilar. Respublika o‘rta tibbiyot va farmasevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazining Qarshi filialida tashkil etilayotgan mazkur sinovlar 18 aprelga qadar davom etadi.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.