Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024 yil 14 maydagi tegishli topshiriq xatiga asosan joriy yilning 15 – 25 may kunlari mamlakatimizdagi barcha tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat, magistratura hamda kilinik ordinatura bosqichlari bitiruvchilarini tibbiyot muassasalaridagi bo‘sh ish o‘rinlariga jalb etish maqsadida “Karera kuni” va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari o‘tkazilishi belgilangan.
Shunga asosan, joriy yilning 16 may kuni Toshkent tibbiyot akademiyasida ham “Karera kuni” va bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyatimizdagi barcha shahar va tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari hamda o‘rinbosarlari ishtirok etib, hududdagi tibbiyot muassasalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan natijalar, yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida keng ma’lumot berishdi.
Tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridagi “Karera kuni” hamda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari davom etadi.
Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.