Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 8-iyuldagi “SSVning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ichki me’yoriy hujjatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 203-sonli buyrug‘i ijrosi muhokama etildi.
🔎 Unda: korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha belgilangan vazifalar, tibbiyot xodimlari o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, qonunchilik talablariga rioya qilish va jazo muqarrarligi masalalariga batafsil to`xtalib o`tildi.
Shuningdek, korrupsiyaga qarshi qonun hujjatlari, Prezident farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari tushuntirildi. Jumladan, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki bu borada yordam ko‘rsatgan xodimlarni rag‘batlantirish tartibi ham eslatib o`tildi.

✍️ Shuningdek, muassasalar faoliyati ham o‘rganilib, mutaxassis L.Rustamov tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.