🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Yakkabog‘ tuman tibbiyot birlashmasida xayrli tashabbus amalga oshirildi.

🎁 Bayram arafasida markaz ma’muriyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 130 nafar tibbiyot xodimlarining maktab yoshidagi farzandlariga yangi o‘quv yili oldidan maktab sumkalari va o‘quv qurollari topshirildi.

😊 Har bir bola uchun alohida tayyorlangan ushbu sovg‘alar ularning qalbiga quvonch, yuziga tabassum, ota-onalarga esa bayram oldidan iliq kayfiyat bag‘ishladi.

🌸 Tadbir xodimlar tomonidan samimiy kutib olindi va Mustaqillik bayrami arafasida barchaga o‘zgacha ruhiyat ulashdi.