Qashqadaryo viloyatida 22 nafar IT hamshiralari mehnatlari yuqori baholanib, vazir sovg’asi bilan taqdirlanishdi.
📌Kuni kecha vazirning raqamlashtriish bo‘yicha o’rinbosari O.Omonov va sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i A.Boboyevlar soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan ana shu IT hamshiralarga sovg‘alarni topshirdi.
✔️Viloyatda hozirgi kunda 325 nafar IT operator va hamshiralar faoliyat yurib kelmoqda.
📌 Ular tibbiyotni raqamlashtirish, elektron dasturlar bilan ishlash, axborot tizimlarini joriy etish va bemorlarga sifatli xizmat ko‘rsatishda muhim rol o‘ynab kelmoqda.
👉 Bu fidokor mutaxassislarimiz nafaqat o‘z bilim va mahoratlarini namoyon etishdi, balki soha islohotlariga ilg‘or yondashuvlarni kiritmoqda.
💬 “IT hamshiralarimiz – tibbiyotda raqamli transformatsiyaning haqiqiy qahramonlaridir!” – deya ta’kidladi tadbirda vazirning raqamlashtirish bo`yicha o`rinbosari O.Omonov.

Qashqadaryo viloyati sog‘liqni
saqlash boshqarmasi axborot xizmati