Sog’lom turmush tarziga rioya qilmaslik va notoo’g’ri ovqatlanish tufayli bugun dunyo aholisi orasida ovqat hazm qilish tizimi bilan bog’liq xastaliklar ko’p uchramoqda. Ayniqsa, ular orasida oshqozon osti bezining o’tkir yoki surunkali yallig’lanishi, ya’ni pankreatit etakchi o’rinni egallaydi.